Yevropa Ittifoqi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovi yakunlari bo‘yicha e’lon qilgan bayonotida mamlakatni demokratik islohotlarni amalga oshirishda qo‘llab-quvvatlashda davom etishini hamda YeXHT DIIHB kuzatuvchilar missiyasi xulosalarini “e’tiborga olishi”ni ta’kidladi.
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston prezidenti etib qayta saylanganidan keyingi ilk nutqida xalqning yuksak ishonchini oqlash uchun bor bilim, tajriba va kuchini sarflashini, kerak bo‘lsa, buning uchun jonini ham berishga tayyorligini ta’kidladi.
“Gazeta.uz” Toshkent shahridagi 47 ta (ular jami 822 ta) saylov uchastkasi ma’lumotlarini tahlil qildi. G‘olib Shavkat Mirziyoyev ularda 48,7 foizdan 96,5 foizgacha ovoz to‘pladi. Ayrim uchastkalarda haqiqiy emas deb topilgan byulletenlar ulushi qolgan uchta nomzodning umumiy foizlaridan ham yuqori bo‘lgan.
AQSh elchixonasi O‘zbekistondagi muddatidan ilgari prezidentlik saylovi yakunlari bo‘yicha bergan bayonotida Qo‘shma Shtatlar Shavkat Mirziyoyevning islohotlar dasturini amalga oshirish va mamlakatda boshqaruv tizimini takomillashtirishda yordam berishga tayyorligini ta’kidladi.
O‘zbekistonda prezidentlik saylovi “yaxshi tayyorgarlik ko‘rilgan” bo‘lsa-da, “haqiqiy raqobat"dan xoli bo‘ldi, deydi YXHT DIIHB missiyasi. Kuzatuvchilarga ko‘ra, saylov kuni “sokin o‘tdi”, lekin qonunbuzarliklarsiz emas. OAVda tanqidiy yoritilmagani saylovchilarning “ongli tanlov"iga to‘sqinlik qildi.
“Gazeta.uz” prezident saylovi kuni Toshkentdagi bir nechta saylov uchastkalarida bo‘ldi va saylov okrugidagi 822 ta saylov uchastkasidan to‘plangan ovozlarni sanab chiqish jarayonini kuzatdi. Saylov g‘olibi Shavkat Mirziyoyev poytaxtda respublikadagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan kamroq ovoz to‘pladi.
Shavkat Mirziyoyev uchinchi prezidentlik saylovida 87,05 foiz ovoz bilan g‘alaba qozondi, deb xabar qildi MSK. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, saylovchilarning 79,88 foizi jarayonda ishtirok etgan.
Soat 17:00 holatiga ko‘ra, O‘zbekiston prezidenti saylovi bo‘yicha ro‘yxatga olingan saylovchilarning 69,85 foizi ovoz berdi, deb xabar qildi MSK.
O‘zbekistonda muddatidan ilgari prezidentlik saylovi boshlandi.
O‘zbekistonda saylovoldi kampaniyasi nisbatan sust o‘tmoqda, deyiladi YeXHT DIIHB missiyasi oraliq hisobotida. Unda aytilishicha, rasmiylar YeXHTning ilgari bergan ayrim tavsiyalarini inobatga olgan, qolganlarini esa saylovdan keyin ko‘rib chiqishni rejalashtirgan.
Saylovoldi tashviqotini Nukusdan boshlagan O‘zLiDePdan prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev Urganchga keldi.
Shavkat Mirziyoyev Nukusda bo‘lib o‘tgan saylovoldi uchrashuvida O‘zbekiston aholisining 500 mlrd so‘m mol-mulk solig‘i va yer solig‘i bo‘yicha penyadan kechib yuborilishini aytib, “Ochiq budjet” loyihasiga ajratiladigan mablag‘ni oshirishga va’da berdi. Loyihalar g‘alaba qozonishi uchun 1500 ta ovoz olishi kerak.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga bepul ovqat berish Qoraqalpog‘istondan boshlangan edi. Olis ovullardagi bolalar uchun maktab avtobuslari qatnovini yo‘lga qo‘yish ham shu zamindan boshlanadi, deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev. Shuningdek, u respublika maktablarida to‘lib-toshgan sinflar bo‘lmasligiga va’da berdi.
Markaziy saylov komissiyasi 9-iyulda bo‘lib o‘tadigan muddatidan avvalgi O‘zbekiston prezidenti saylovini o‘tkazishga tayyorgarlik ishlarini boshladi. Komissiya 10-may kuni saylov kampaniyasi boshlanishini e’lon qilmoqchi.
Prezident O‘zbekiston davlat rahbari lavozimiga muddatidan ilgari saylov bo‘lib o‘tishini e’lon qildi. U nima uchun 3,5 yillik prezidentlik muddatidan o‘z tashabbusi bilan “voz kechayotganligini” tushuntirdi.
Saylov kodeksiga prezident, Qonunchilik palatasi deputatlari va Senat a’zolarining navbatdan tashqari saylovlarini o‘tkazish yuzasidan o‘zgartishlar kiritildi. Prezident davlat rahbari uchun muddatidan ilgari saylovlarni tayinlaganida, ular 2 oy ichida o‘tkazilishi kerak.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting